Qozoğistonlik yoş futbolçilar Toşkentda zaharlanib, şifoxonaga yotqizildi

Qozoğistonlik yoş futbolçilar Toşkentda zaharlanib, şifoxonaga yotqizildi
  • 4
  • 02.11.2026 17:50:00
  • 1 daq o'qish

Toşkentda ötkazilayotgan Döstlik Cup 2026 xalqaro futbol festivalida iştirok etiş uçun kelgan qozoğistonlik yoş futbolçilar zaharlandi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.

Futbolçilardan birining onasi ma’lum qilişiça, bolalarda zaharlaniş alomatlari 30-oktabr kuni nonuştadan keyin boşlangan. Keyingi keçada köplab bolalarda isitma, iç ketişi va qayt qiliş kuzatilgan. Bir keçaning özida 11 kişi kasal bölib, ayrim futbolçilar final öyinlarida qatnaşa olmagan. Ota-onalar bolalarning ahvoli mehmonxonada berilgan nonuşta sabab yomonlaşgan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Biroq zaharlaniş sababi hozirça rasman tasdiqlanmagan.

Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi ma’lumotiga köra, yordamga muhtoj fuqarolar Özbekistondagi ixtisoslaştirilgan tibbiyot muassasalariga yotqizilgan va ularga zarur tibbiy yordam körsatilmoqda. Qozoğiston diplomatlari jabrlanganlar va ularning yaqinlari bilan aloqada bölib turibdi. Ahvoli barqaror futbolçilarni aviaqatnovlar orqali vataniga qaytariş taşkil etilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News