Mehnat migratsiyasida katta özgarişlar

Mehnat migratsiyasida katta özgarişlar
  • 0
  • 02.11.2026 18:36:00
  • 3 daq o'qish

Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğilişda quyidagi muhim özgarişlar va vazifalarni belgiladi:

▪️ 2027-yilda har bir hududda yagona migratsiya markazi oçiladi. Buning uçun har bir viloyatga 8 milliard sömdan ajratiladi;

▪️ 2027-yilda 10 ming nafar fuqaro kasb va nemis tiliga öqitilib, Germaniyada işga joylaştiriladi. Maktab va texnikumlarga nemis tilidan dars beriş uçun 500 nafar til egasi jalb qilinadi;

▪️ Har bir viloyatdagi 2–3 ta texnikumda kasb bilan birga nemis tilini örgatiş zarurligi ta’kidlandi. Oliy ta’lim muassasalarida nemis tili öqituvçilarini tayyorlaş böyiça davlat buyurtmasi ikki baravar oşiriladi;

▪️ Bir oyda 20 ta texnikum tanlanib, kelgusi yildan xorijiy iş beruvçilar talabiga moslaştiriladi. Germaniya, Yaponiya va Koreya kompaniyalari bunday texnikumlarda kadr tayyorlaş va ularni jihozlaşga qiziqiş bildirmoqda;

▪️ Har bir viloyatdagi 2–3 tadan texnikum 15 yilga yirik tadbirkorlar boşqaruviga berilişi rejalaştirilmoqda. Ular orqali yiliga kamida 30 ming nafar malakali mutaxassis tayyorlanadi. Bitiruvçilarga davlat namunasidagi malaka sertifikati beriladi;

▪️ Tadbirkorlarning kadr tayyorlaş va uskunalar xaridiga sarflagan mablağlari tölangan soliqlardan çegiriladi. Xorijda yaxşi işga joylaşgan har bir bitiruvçi uçun grant ajratiladi;

▪️ 2027-yildan fuqarolarni xorijga işga yuboriş vazifasi eng işonçli xususiy bandlik agentliklariga töliq ötkaziladi. Yuqori daromadli işga joylaştirilgan har bir fuqaro uçun agentlikka 1,5 million sömdan rağbat puli tölanadi;

▪️ Yoşlarni kasb va tilga tayyorlaş uçun texnikum binolarining bir qismi bepul ijaraga beriladi. Xorijdan jalb qilingan öqituvçi va ekspertlar uçun ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi, öquv jihozlari bojxona bojidan ozod qilinadi;

▪️ Xususiy bandlik agentliklarining reytingi yuritiladi. Bunda fuqarolarning aniq işga joylaşişi, daromadi, huquqlari va ijtimoiy ta’minoti asosiy mezon böladi;

▪️ 2027-yilda Özbekistonda ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasi faoliyati yölga qöyiladi. Ular mutaxassislarni tayyorlaş va bevosita xorijda işga joylaştiriş bilan şuğullanadi;

▪️ Xorijdagi böş iş örinlari haqidagi ma’lumotlar mahallalargaça yetkaziladi. Çet elda işlaş istagidagi fuqarolar “Onlayn mahalla” platformasiga kiritilib, kasb va tilga tayyorlaş hamda işga joylaştiriş jarayoni nazorat qilinadi;

▪️ Xorijda muammoga duç kelgan fuqarolar ham “Onlayn mahalla” orqali yordam söraşi mumkin böladi. Zarur hollarda elçining özi fuqaro oldiga borib, uning huquqlarini himoya qiliş bilan şuğullanadi;

▪️ Xorijda orttirilgan iş staji va pensiya huquqlarini tan oliş kengaytiriladi. Bu yil Qirğiziston, Ozarbayjon va Turkiya bilan tegişli bitimlar imzolangan. Rossiya, Germaniya, Yaponiya, Koreya, Boltiqböyi va Bolqon davlatlari bilan ham şunday kelişuvlarga erişiş vazifasi qöyildi;

▪️ Çet eldan qaytgan fuqarolarning kasbi, iş joyi va staji aks etadigan yagona platforma yaratiladi. Yil yakunigaça migratsiyadan qaytgan 250 ming kişiga mos iş topiş vazifasi belgilandi;

▪️ Özbekistonda uzoq muddat yaşayotgan xorijliklarning yaşaş va iş joyini monitoring qiliş platformasi bir oy içida işga tuşiriladi. Yangi iş örinlariga birinçi navbatda Özbekiston fuqarolarini joylaştiriş zarurligi ta’kidlandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News