
- 0
- 02.11.2026 18:23:00
- 1 daq o'qish
AQŞ, Germaniya, Yaponiya va yana 30 ta mamlakat fuqarolarga uruş, kiberhujum yoki tabiiy ofatlar yuz bergan taqdirda zarur böladigan oziq-ovqat, içimlik suvi va dori-darmonlarni oldindan zaxiralab qöyişni tavsiya qilmoqda. Bu haqda Newsweek xabar berdi.
Tavsiyaga köra, har bir oila favqulodda vaziyatlarda kamida uç kun davomida taşqi yordamsiz yaşay olişi uçun yetarli mahsulot saqlaşi kerak. Ayrim mamlakatlarda bu muddat uzoqroq belgilangan. Masalan, Şvetsiya va Norvegiyada fuqarolarga bir haftalik, Germaniyada esa 10 kungaça yetadigan zaxira tayyorlaş tavsiya etiladi.
Bunday tavsiyalarga elektr energiyasi, suv va aloqa tizimlaridagi uzilişlar, dökonlarning vaqtinça yopilişi hamda boşqa favqulodda holatlar sabab bölmoqda. Çunki bunday vaziyatlarda odamlar bir neça kun davomida odatiy xizmatlardan foydalana olmasligi mumkin.
Fuqarolarga uyda quyidagilarni saqlaş tavsiya etilgan:
🔹 Içimlik suvi va uzoq muddat buzilmaydigan oziq-ovqat;
🔹 Zarur dori-darmonlar va birinçi yordam vositalari;
🔹 Fonarik va zaxira batareyalar;
🔹 Elektrsiz işlaydigan radio;
🔹 Bolalar va boşqa oila a’zolari uçun zarur mahsulotlar.
Mutaxassislar zaxiralarni birdaniga emas, kundalik xaridlar davomida asta-sekin töplaşni tavsiya qilmoqda. Ta’kidlanişiça, bu tavsiyalar yaqin kunlarda uruş boşlanişini anglatmaydi. Maqsad — aholini kutilmagan favqulodda vaziyatlarga oldindan tayyorlaş.