
- 0
- 08.07.2025 09:22:00
- 1 daq o'qish
4-iyul kuni Janubi-sharqiy Sulavesida 61 yoshli fermer La Notini 8,5 metrli piton yutib yubordi. U tovuqlarini boqish uchun chiqqanida ilon hujum qilib, uni bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Qidiruv natijasida mahalliy aholi qorni bo‘rtib chiqqan pitonni topib, ichidan erkak jasadini chiqarishdi. Mutasaddilar buni hududda misli ko‘rilmagan holat deb atadi va aholiga o‘rmonlarga yolg‘iz kirmaslikni tavsiya qildi.