
- 5
- 18.09.2023 08:09:00
- 1 daq o'qish
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Nyu-York shahriga tashrifi dasturida bugun, 18 sentyabr kuni bir qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan, davlatimiz rahbari Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel, Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva, Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, "Air Products" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemi bilan uchrashadi.
manba: prezident.uz