Özbekistonda mast holda takroran avtomobil boşqarganlar ikki yilgaça qamalişi mumkin

Özbekistonda mast holda takroran avtomobil boşqarganlar ikki yilgaça qamalişi mumkin
  • 4
  • 28.11.2026 13:36:00
  • 1 daq o'qish

Senat 28-noyabr kuni yöl harakati xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan qonunni ma’qulladi.

Unga köra, mast holda avtomobilni takroran boşqarganlik uçun bir yildan ikki yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanmoqda.

Voyaga yetmagan şaxsga avtomobil boşqarişni topşirib, uning oqibatida odamga tan jarohati yetkazilsa yoki ölimga sabab bölinsa, uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanişi mumkin. Bunday transport vositasini boşqarişni topşirganlik uçun 50 BHM jarima yoki 15 sutkagaça ma’muriy qamoq ham nazarda tutilgan.

Tezlikni belgilangan me’yordan 40 km/soatdan ortiq oşirganlik uçun 25 BHMgaça, 60 km/soatdan ortiq oşirganlik uçun 45 BHMgaça jarima belgilanmoqda. Tezlikni 80 km/soatdan ortiq oşirgan haydovçi esa 65 BHM jarima tölaydi va olti oyga haydovçilik huquqidan mahrum qilinadi.

Şuningdek, noqonuniy avtomobil poygalari, drift, xavfli manyovrlar va yöl bezoriligi uçun javobgarlik kuçaytirilmoqda.

#casia #news #Uzbekistan #YHX

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News