DXX sobiq general-leytenanti Ğayratulla Yoziyev 15 yilga qamaldi

DXX sobiq general-leytenanti Ğayratulla Yoziyev 15 yilga qamaldi
  • 12
  • 28.11.2026 12:29:00
  • 1 daq o'qish

Özbekiston Harbiy sudi Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisining sobiq örinbosari, general-leytenant Ğayratulla Yoziyevni 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov ma’lum qildi.

Yoziyev 2024-yil dekabridan 2026-yil martigaça DXXning Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasiga rahbarlik qilgan. U tovlamaçilik, qonunga xilof ravişda uşlab turiş va hokimiyat vakolatini suiiste’mol qilişda aybli deb topilgan.

U bilan birga sudlangan DXXning yana olti nafar sobiq polkovnigi 15 yildan 17 yilgaça ozodlikdan mahrum etildi. Jumladan, Alijon Aşurov va Muzaffar Nurboyev 17 yil, Temur Şorisqiyev va Gonçar Uzoqov 16,5 yil, Suxrob Sayfitdinov 16 yil, O. Abdullayev esa 15 yilga hukm qilindi.

Iş Ğayratulla Yoziyev boşçiligidagi jinoiy guruh faoliyati yuzasidan Boş prokuraturaning Korrupsiyaga qarşi kuraş boşqarmasi tomonidan tergov qilingan. Jinoiy guruhning boşqa a’zolariga ham turli jazolar tayinlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News