
- 0
- 28.08.2025 13:11:00
- 1 daq o'qish
Hindistonlik bir ayol qoʻl telefonini taʼmirlatish uchun ustaxonaga olib bordi. Biroq doʻkon xodimlari qurilmani tuzatish oʻrniga, uning shaxsiy videolarini ruxsatsiz koʻchirib, internetda tarqatib yuborgan. Oqibatda ayol onlayn taʼqiblarga duchor boʻldi. Ota-onasi qizi bilan gaplashmay qoʻygan. Soʻng ayol ogʻir ruhiy tushkunlikka tushib qolgan.
“Men deyarli xonamdan chiqmayapman, odamlardan qochaman va telefondan ham foydalanmay qoʻydim. Butun hayotim barbod boʻlganini his qilyapman. Qanday chora topishni bilmayman”, deb yozgan u yaqinlariga. Ayol shaxsiy daxlsizligi buzilishi yuzasidan politsiyaga ariza bergan.