
- 0
- 25.07.2025 15:46:00
- 1 daq o'qish
Olmaota shahrida sud Perizat Qayrat ishi bo‘yicha hukm chiqardi. U juda katta miqdordagi firibgarlik va jinoiy yo‘l bilan olingan pullarni yuvishda aybdor deb topildi.
Sud qaroriga ko‘ra, Perizat Kayrat 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Onasi — Gani Alashbayeva esa 7 yilga qamaldi. Shuningdek, Perizat va Ganidan 34,5 milliard so‘m undirilib, 50 fuqaroning da’vosini qoplash uchun to‘lab beriladi.
Jinoyat ishi uchta epizodni qamrab olgandi:
• nogiron bolalarga yordam yig‘ish,
• Yaqin Sharqdagi jabrlanganlarga xayriya yig‘ish,
• Qozog‘istondagi toshqinlar vaqtida mablag‘ to‘plash.
Sud ularni quyidagi moddalar bo‘yicha aybdor deb topdi:
• juda katta miqdordagi firibgarlik,
• jinoiy yo‘l bilan topilgan mablag‘larni oldindan til biriktirib yuvish,
• juda katta miqdordagi mablag‘larni yuvish.
Sud majlisining baʼzi qismlari yopiq tarzda o‘tkazildi — Perizat Qayrat, uning onasi va advokatining nutqlari ommaga oshkor etilmadi.
Avvalroq Perizat Qayrat o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni inkor qilib, aybsiz ekanini bildirgan edi. Uning advokati esa aybsizlikni tasdiqlovchi inkor qilib bo‘lmaydigan dalillar borligini ta’kidlagandi.