Pokistonda yo'lovchi poyezdini garovga olganlar yo'q qilindi

  • 7
  • 14.03.2025 08:17:00
  • 1 daq o'qish

Avvalroq Pokistonda “Balujiston ozodlik armiyasi” separatistlari yo‘lovchi poyezdiga hujum qilib, 450 dan oshiq odamni garovga olgani haqida xabar bergan edik. Pokiston armiyasi qutqaruv operatsiyasi o‘tkazib, 300 dan ortiq asirni ozod qildi. Garovga olgan poyezdda 21 nafar asir o‘ldirildi, Pokiston armiyasi esa barcha hujumchilarni yo‘q qildi. Omon qolgan yo‘lovchilar voqeani “qiyomat manzarasiga” qiyoslashdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News