Özbekistonning xalqaro kredit reytingi BB+ darajasiga kötarildi

Özbekistonning xalqaro kredit reytingi BB+ darajasiga kötarildi
  • 7
  • 21.11.2026 11:09:00
  • 1 daq o'qish

S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi Özbekistonning suveren kredit reytingini bir poğonaga oşirib, BB+ darajasida belgiladi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva özining rasmiy Telegram kanalida maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, bu Özbekiston tarixida qayd etilgan eng yuqori suveren kredit reytingidir. Mamlakat investitsiyaviy daraja hisoblangan BBB− reytingiga erişişi uçun yana bir poğona yuqorilaşi kerak.
Saida Mirziyoyevaning taʼkidlaşiça, reytingning oşirilişi mamlakatda amalga oşirilayotgan tizimli iqtisodiy islohotlar, muvozanatli moliya siyosati hamda uzoq muddatli strategik yondaşuv natijasidir.
Şuningdek, Özbekistonning iqtisodiy körsatkiçlari yuzasidan işçi guruh tomonidan olib borilgan tezkor va oçiq tahliliy muloqotlar S&P Global Ratings agentligi tomonidan alohida eʼtirof etilgani bildirildi.
Eslatib ötamiz, 2026-yil iyun oyida Moodyʼs xalqaro reyting agentligi ham Özbekistonning suveren kredit reytingini bir poğonaga oşirib, Ba2 darajasida belgilagan edi. Reyting prognozi esa “ijobiy”dan “barqaror”ga özgartirilgan.
Moodyʼs uşbu qarorini mamlakatda institutsional va iqtisodiy islohotlarning davom ettirilişi, iqtisodiyotning diversifikatsiya qilinişi hamda byudjet intizomining mustahkamlanişi bilan izohlagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News