
- 15
- 21.11.2026 10:53:00
- 1 daq o'qish
Özbekistonda talabalar Googleʼning Gemini AI Plus sunʼiy intellekt xizmatidan bir yil davomida bepul foydalaniş imkoniyatiga ega böldi.
Bepul obunani faollaştiriş uçun talabalar dastlab HEMIS mobil ilovasining “Hujjatlar” bölimi orqali talabalik ID guvohnomasi va öqiş joyidan maʼlumotnomani yuklab olişlari kerak.
Şundan söng, Gemini ilovasiga kirib, profil menyusidagi Google AI Plus bölimi orqali talabalar uçun maxsus taklifni tanlaş, “Kiriş huquqini oliş” va “Davom etiş” tugmalarini bosiş lozim. Keyin mamlakat va taʼlim muassasasi tanlanib, şaxsiy maʼlumotlar kiritiladi hamda talabalik hujjatlari yuklanib, ariza yuboriladi.
Ariza tasdiqlanganidan keyin tölov kartasi maʼlumotlarini kiritiş orqali obuna faollaştiriladi.
Google AI Plus obunasi Geminiʼdan foydalaniş limitlarini ikki baravar oşiriş, ilğor Flaş Thinking modeliga kiriş, Google Photos, Drive va Gmail xizmatlari uçun 400 GB bulutli xotira kabi imkoniyatlarni taqdim etadi. Şuningdek, obunaga Google Flow, Gmailʼda Gemini, Notebookʼning tadqiqot funksiyalari hamda sunʼiy intellekt asosidagi musiqa studiyasidan foydalaniş imkoniyatlari ham kiradi.