Osiyo kubogi qariyb bir yilga keçiktirildi

Osiyo kubogi qariyb bir yilga keçiktirildi
  • 7
  • 03.11.2026 17:03:00
  • 1 daq o'qish

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Saudiya Arabistonida ötkazilişi rejalaştirilgan 2027-yilgi Osiyo kubogi muddatini özgartirdi. Turnir endi 2027-yil 23-dekabrda boşlanib, 2028-yil 21-yanvarda yakunlanadi.

Avval musobaqani 2027-yil 7-yanvardan 5-fevralgaça ötkaziş rejalaştirilgan edi. Şu tariqa, çempionatning boşlanişi qariyb bir yilga keçiktirildi. Turnir mezbonligi esa Saudiya Arabistonida qoladi.

OFK ma’lumotiga köra, qaror mintaqadagi favqulodda vaziyat, logistika bilan boğliq qiyinçiliklar va transport qatnovlaridagi uzilişlar hisobga olingan holda qabul qilingan.

Osiyo kubogida Özbekiston terma jamoasi ham iştirok etadi. Fabio Kannavaro şogirdlari guruh bosqiçida Iordaniya, Şimoliy Koreya va Bahraynga qarşi maydonga tuşadi.

Yangi taqvimga köra, Özbekiston 2027-yil 24-dekabr kuni Iordaniya, 28-dekabr kuni Şimoliy Koreya, 2028-yil 2-yanvar kuni esa Bahrayn bilan öynaydi. Uçraşuvlar ötkaziladigan şaharlar va stadionlar böyiça hozirça qöşimça ma’lumot berilmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News