
- 6
- 07.09.2023 08:38:00
- 1 daq o'qish
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, 5 sentyabr kuni Qo‘shtepa tumanida yashovchi 2 nafar fuqaro noma’lum moddadan zaharlanishi oqibatida sog‘lig‘i yomonlashib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan.
Shuningdek, shu kuni Oltiariq tumanida yashovchi 5 nafar fuqaro ham noma’lum moddadan zaharlanib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilishgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida Qo‘shtepa tumanida yashovchi A.D. bir guruh shaxslar bilan til biriktirib, qo‘lbola usulda alkogolli mahsulotlar tayyorlagan va ushbu mahsulotlarga «AKTAU» va «KARATAU» nomli savdo belgili yorliqlarni yopishtirib, umumiy ovqatlanish shoxobchasi va bir oilaviy korxonasiga sotganligi aniqlangan.
Zaharlanganlardan bir nafari vafot etan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 186 va 186-1-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi A.D. protsessual tartibda ushlandi. Tergov davom etmoqda.
Manba: Xabar.uz