
- 7
- 06.11.2023 15:15:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistondagi AYQSHlarda oktyabr oyida 6 million 105 ming litr sifatsiz neft mahsulotlari aniqlandi.
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya”ning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida 91 holatda 6 millon 105 ming litr neft mahsulotlari sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishining oldi olindi.
Inspeksiya tomonidan aniqlangan kamchiliklar tezda bartaraf etilishi bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berilib, ularning bajarilishi nazoratga olindi.