Nig‘matilla Yo‘ldoshev o‘z lavozimida qoldi

Nig‘matilla Yo‘ldoshev o‘z lavozimida qoldi
  • 4
  • 21.06.2024 16:32:00
  • 1 daq o'qish

 Senatning ellik uchinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga nomzod haqidagi masala ko‘rib chiqildi va Senat Nig‘matilla Yo‘ldoshevni 5 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga tasdiqladi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Bosh prokurori lavozimini egallashi mumkin emas. 

Nig‘matulla Yo‘ldoshev bu lavozimda 2019-yil iyunidan buyon ishlab kelmoqda. U ikkinchi muddatga Bosh prokuror lavozimini egalladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News