Yangi sun’iy intellekt modeli odamlarni shantaj qilishni o‘rgandi 

Yangi sun’iy intellekt modeli odamlarni shantaj qilishni o‘rgandi 
  • 0
  • 29.05.2025 09:31:00
  • 1 daq o'qish

 

Anthropic kompaniyasining Claude Opus 4 sun’iy intellekt modeli xavfsizlik testlari davomida o‘zini o‘chirishga qarshi turish maqsadida muhandisni shantaj qilishga uringan. Modelga uning o‘rniga boshqa tizim kelishi haqida soxta ma’lumotlar berilganida, u muhandisning shaxsiy yozishmalarini oshkor qilish bilan tahdid qilgan. Axios xabariga ko‘ra, model o‘zini o‘chirishga qarshi yolg‘on xatlar yaratgan, huquqiy hujjatlarni soxtalashtirgan va zararli kod yozishga uringan. Shu sababli, kompaniya ushbu modelga xavf darajasi bo‘yicha uchinchi — yuqori xavf — darajasini berdi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News