NATOga yangi rahbar keladi

NATOga yangi rahbar keladi
  • 7
  • 26.06.2024 15:23:00
  • 1 daq o'qish

NATOga a’zo davlatlar Niderlandiya Bosh vaziri Mark Ryutteni  yangi Bosh kotibi etib sayladi. U oktyabr oyida norvegiyalik Yens Stoltenbergning o‘rnini egallaydi. 

Mark Ryutte 57 yoshda. U 2010-yil oktyabr oyidan beri Niderlandiya hukumatini boshqarib kelmoqda. Yens Stoltenberg esa 2014-yildan beri NATOni boshqarib keladi. Uning vakolatlari 2022-yil oktyabr oyida tugagan, biroq Rossiya-Ukraina  urushi boshlanganidan keyin o‘z lavozimini tark etishning iloji bo‘lmagan. U shu paytgacha 3 marta bu lavozimga qayta saylangan. 

Mark Ryutteni 2024-yil 1-oktyabrdan o‘z ishini boshlaydi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News