
- 0
- 10.09.2025 07:51:00
- 1 daq o'qish
Prezidentning yangi farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-dekabrdan nikohni rasmiylashtirish jarayonida FHDYO organlari nikohdan o‘tayotganlardan tibbiy ko‘rik ma’lumotnomasini talab qilmaydi. Endi bu ma’lumot idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik tarzda olinadi. Shuningdek, sud qarori asosida nikoh bekor qilinganda, ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvi shakllantirish uchun fuqarolardan alohida hujjat taqdim etilishi shart emas. Mazkur o‘zgarishlar davlat xizmatlarini soddalashtirish, ortiqcha hujjatchilik va byurokratiyani kamaytirishga qaratilgan.