AQSHda erkak o‘zbekistonlik ayol bilan uchrashish uchun o‘zini o‘likka chiqardi

AQSHda erkak o‘zbekistonlik ayol bilan uchrashish uchun o‘zini o‘likka chiqardi
  • 0
  • 29.08.2025 09:26:00
  • 1 daq o'qish

Viskonsin shtatida yashovchi 45 yoshli erkak internetda tanishgan o‘zbekistonlik ayol bilan ko‘rishish uchun o‘zini cho‘kib ketgandek ko‘rsatib, yashirincha Gruziyaga uchib ketdi. U qayig‘ini ag‘darib, hujjatlarini suvga tashlagan. Natijada politsiya va yaqinlari uni 89 kun davomida qidirdi, qidiruv uchun katta mablag‘ sarflandi. Oxirida erkakning tirikligi fosh bo‘ldi. Sud uni politsiyani chalg‘itgani uchun 3 oy qamoq jazosiga hukm qildi va 30 ming dollar tovon puli to‘lash majburiyatini yukladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News