Turkiyada yirik o‘rmon yong‘inlari: Izmirda aholi evakuatsiya qilinmoqda

Turkiyada yirik o‘rmon yong‘inlari: Izmirda aholi evakuatsiya qilinmoqda
  • 2
  • 01.07.2025 06:06:00
  • 1 daq o'qish

 

Turkiyaning Izmir provinsiyasida Menderes va Seferihisar tumanlari o‘rtasidagi o‘rmon zonasida yirik yong‘in avj oldi. Kuchli shamollar (soatiga 117 km gacha) tufayli olov tez tarqalmoqda. Havo texnikasining aksariyati ishlay olmayapti, faqat ikkita yirik samolyot jalb etilgan.

Izmir gubernatori Sulaymon Elbanning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in hali nazoratga olinmagan. Mingdan ortiq qutqaruvchi, 122 ta o‘t o‘chirish mashinasi va 84 ta og‘ir texnika safarbar etilgan.

Uchta qishloq evakuatsiya qilindi, Seferihisardagi aholi ko‘chirilyapti. Halok bo‘lganlar yo‘q, biroq tutundan aziyat chekkanlar bor. Izmir xalqaro aeroporti faoliyati to‘xtatildi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News