
- 0
- 03.06.2025 09:31:00
- 1 daq o'qish
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi xususiy bog‘chada 2 yoshli qizcha nazoratsiz qolib, ariqqa tushib ketib vafot etdi. Voqea 20-may kuni sodir bo‘lgan. Onasining aytishicha, bog‘cha atrofida ariq borligi oldindan aytilgan, ammo xavfsizlik choralari ko‘rilmagan. Bog‘cha xodimasining so‘zlariga ko‘ra, bolalarning yarmi uxlatish uchun xonaga olib kirilgan, qizcha va qolgan bolalar hovlida qolganin, o‘sha paytda qizaloq ariqqa tushib ketib, halok bo‘lgan. Qizaloqning ota-onasi bog‘cha rahbariyatini javobgarlikka tortilishini talab qilmoqda.
”Borsam qizimning joni uzilgandi, yerda yotgan edi. Badanlari muzdek. Daraxt tagida bolamni o‘rab qo‘yishgan ekan.
Man ishonib ularga bolamni topshirdim, nega unday eʼtiborsizlik qilishadi. 3 kun bo‘ldi bog‘cha yana ishlayapti. Ular qatʼiyan javobgarlikka tortilishini so‘rayman”, deydi qizchaning onasi.