
- 0
- 19.08.2025 08:15:00
- 1 daq o'qish
Afg‘oniston poytaxti Qobulda 6 million aholiga ichimlik suvi ta’minoti katta xavf ostida. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, shahar suv zaxiralari tiklanishidan ikki baravar tez tugab bormoqda.
Moliyaviy imkoniyat cheklangani sababli “Tolibon” hukumati daryo va suv omborlaridan suv olib kelish loyihalarini amalga oshirolmayapti. Natijada Qobul zamonaviy poytaxtlar orasida birinchilardan bo‘lib yer osti suv zaxiralaridan butunlay ayrilish xavfi ostida turibdi.