O‘zbekistondagi maktablarda darslar qachondan boshlanishi maʼlum bo‘ldi

O‘zbekistondagi maktablarda darslar qachondan boshlanishi maʼlum bo‘ldi
  • 4
  • 11.08.2023 16:05:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistondagi maktablarda 2023/2024-o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi, deb xabar bermoqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi.

Qayd etilishicha, prezidentning “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2-sentyabr — shanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilangani sababli 1-3-sentyabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi. 

“Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha maktablarda yangi — 2023/2024-o‘quv yili dars jarayonlari 2023-yil 4-sentyabrdan (dushanba kuni) boshlanishini maʼlum qilamiz”, deyiladi vazirlik axborotida.

manba:daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News