Isroil bosh vaziri Netanyaxu dunyo davlatlarini keskin ogohlantirdi

Isroil bosh vaziri Netanyaxu dunyo davlatlarini keskin ogohlantirdi
  • 0
  • 11.09.2025 10:23:00
  • 1 daq o'qish

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSHning Afg‘oniston va Pokistondagi terrorchilarga qarshi amaliyotlarini misol qilib, o‘z mamlakati ham xuddi shunday choralar ko‘rayotganini aytdi. U terrorchilarni yashirayotgan davlatlarga ularni Isroilga topshirish yoki o‘zlari javobgarlikka tortish haqida ultimatum berdi. “Aks holda biz o‘zimiz choralar ko‘ramiz”, dedi Netanyaxu.

Isroil bir kun ichida bir nechta davlatga hujum uyushtirdi. Avval Qatarga zarba berildi, so‘ng Suriyaning Hama shahri va Livanning janubiga aviazarbalar qilindi. Kecha kechasi esa Yaman poytaxti Sana ham nishonga olindi. Shu tariqa Isroil 4 ta suveren davlat hamda G‘azo sektoriga aviazarbalar uyushtirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News