Eron O‘zbekistonga viza rejimini bekor qilishni taklif qildi

Eron O‘zbekistonga viza rejimini bekor qilishni taklif qildi
  • 6
  • 23.10.2023 08:33:00
  • 1 daq o'qish

Eron O‘zbekistonga viza rejimini bekor qilish bo‘yicha kelishuv tuzishni taklif qildi, deya xabar bermoqda Eronning “Teheran Times” nashri.

18-oktabr kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vaziri Aziz Abduhakimov Samarqandda eronlik hamkasbi Ezatulloh Zarg‘amiy bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Xususan, Eron turizm vaziri davlatlar o‘rtasida viza rejimini bekor qilish taklifini bildirdi.

“Buxoroga tashrif buyurganimda bu ikki xalq qanchalik yaqin ekanini his qildim. Biz o‘zbekistonlik sayyohlarning Eronga kelishini qo‘llab-quvvatlaymiz, shuningdek, xorijga sayohat qilishni rejalashtirayotgan eronlik sayyohlar uchun O‘zbekiston ham ustunlikka ega bo‘lishi kerak, deb hisoblaymiz”, — dedi u.

Shuningdek, Zarg‘amiy, o‘zaro turizmni rivojlantirish uchun mamlakatlar quruqlikdagi sayohatni rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Bunga erishish uchun Turkmaniston bilan hamkorlik qilish taklif qilinmoqda.

Eron 60ta mamlakat fuqarolari uchun viza tartibini yengillashtirish, jumladan, viza tartibini bir tomonlama bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Manba: Uzreport.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News