
- 6
- 22.11.2024 16:06:00
- 1 daq o'qish
Xalqaro jinoyat sudi Netanyahu, Gallant va Deyfni hibsga olishga order berdi. Qaror 2023-yil 8-oktabrdan 2024-yil 20-mayga qadar sodir etilgan “insoniyatga qarshi jinoyatlar va harbiy jinoyatlar” yuzasidan qabul qilingan. Sudning qayd etishicha, isroillik amaldorlar insonparvarlik yordamiga to‘sqinlik qilgan va o‘z ixtiyoridagi barcha vositalardan foydalanib, tinch aholiga yordam ko‘rsatmagan.
Joriy yilning may oyida Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari yuzasidan Xalqaro sudga murojaat qilib, suddan Isroilning Rafahga hujumini to‘xtatish va BMT rasmiylari, gumanitar yordam ko‘rsatuvchi tashkilotlar, jurnalistlar va tergovchilarning G‘azoga to‘siqsiz kirishiga ruxsat berishni talab qilgan.