Instagram’dagi suratlari sabab 23 yoşli qiz ukasi tomonidan öldirildi

Instagram’dagi suratlari sabab 23 yoşli qiz ukasi tomonidan öldirildi
  • 9
  • 21.11.2026 16:40:00
  • 1 daq o'qish

Ozarbayjon poytaxti Bokuda 18 yoşli yigit 23 yoşli opasini piçoqlab öldirdi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, opa-uka örtasidagi mojaro qizning ijtimoiy tarmoqlardagi suratlari va ular ostida qoldirilgan izohlar sabab kelib çiqqan.

Fojia 16-noyabr kuni sodir bölgan. Ular ota bir, ona boşqa opa-uka bölgan. Mojaro yigitning darsdan qaytişidan keyin, uy oşxonasida yuzaga kelgan. Ayxan opasining ayrim suratlarini oçiq-soçiq deb hisoblagan va ularning ostida begona yigitlar qoldirgan izohlarni yoqtirmagan. U suratlarni öçirişni talab qilgan, biroq Gulara bunga rozi bölmagan.

20-noyabr kuni marhumaning otasi Qafqazinfo naşriga bergan intervyusida öğlining avvaldan psixologik muammolari bölganini aytdi. Uning sözlariga köra, Ayxan 2022 va 2025-yillarda davolangan, sönggi ikki oyda esa keçalari uxlay olmagan. Ota farzandlari örtasida heç qaçon ajratiş bölmaganini va ularning munosabatlari yaxşi bölganini ta’kidladi. Şuningdek, hibsdagi öğli bilan uçraşganini, biroq uning hanuz öziga kelmaganini bildirdi.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan, tergov davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News