
- 1
- 02.07.2025 09:46:00
- 1 daq o'qish
2025-yil 1-sentyabrdan Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 250- va 273-maktablarda “maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida yangi ta’lim tizimi joriy etiladi. Endi 7–9-sinf o‘quvchilari universitet laboratoriyalarida o‘z qiziqishlariga mos darslardan tashqari mashg‘ulotlarda qatnashadi. Ularning borib-kelishi xavfsiz tarzda tashkil etiladi.
2025/2026-o‘quv yilidan boshlab darslarning kamida 25 foizi xorijiy professor va xalqaro sertifikatga ega mutaxassislar tomonidan o‘qitiladi.
Shuningdek, o‘qishga kira olmagan bitiruvchilar va oliy ta’lim muassasalari talabalarini ish bilan ta’minlash maqsadida “Yoshlar biznesi” va “Kelajakka qadam” dasturlari amalga oshiriladi. Bu loyihalarga “Aloqabank” va “Milliy” bank orqali 300 million dollar ajratiladi.
Bundan tashqari, “Harakatda daromad” tizimi orqali ta’tildagi 3 million yosh yengil ishlar bilan band qilinadi. Ishga joylashtirish uchun yangi onlayn platforma ham ishga tushiriladi.