
- 14
- 25.06.2024 12:52:00
- 1 daq o'qish
25-iyun kuni Oliy Majlis deputatlari “Bolalar huquqlarini yanada mustahkamlash to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi.
Unga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolani diniy ta’lim jarayoniga noqonuniy jalb qilsa ya’ni markaziy davlat organi diniy tashkilotlarning ruxsatisiz, litsenziyasiz tashkilotlarga yoki maxsus diniy ta’limga ega bo‘lmagan shaxslarga bolani diniy ta’lim olishiga yo‘l qo‘ysa BHM ning 10 dan 15 baravarigacha (3,4 million – 5,1 million so‘m) miqdorda jarimaga tortiladi. Takroran sodir etilgan qonunbuzarlik uchun esa 15 dan 25 baravarigacha jarima (5,1 million – 8,5 million so‘m) yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llaniladi.
Deputatlarning ta’kidlashicha, ushbu qonun loyihasi bolalarni diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalaridan himoya qilish uchun xizmat qiladi.