
- 9
- 09.10.2024 09:30:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston XDP vakili Malika Qodirxonova ish vaqtini 2 soatga qisqartirish taklifni ilgari surmoqda. U ish kunini bir soat keyin boshlash va anomal issiq yoki sovuq paytlarda to‘liq ish haqini saqlab qolgan holda ishni bir soat oldin tugatishni taklif qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonga katta ta’sir ko‘rsatmoqda va bunda xodimlarning salomatligini muhofaza qilish choralari dolzarb bo‘lib bormoqda.