
- 0
- 18.09.2025 15:57:00
- 1 daq o'qish
Hukumat qaroriga ko‘ra, moped va skuter haydovchilari 2025-yil 1-oktabrdan boshlab “A” toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi shart bo‘ladi.
Shuningdek, dvigateli 25–50 sm³ yoki elektr quvvati 0,25–4 kVt bo‘lgan, konstruktiv tezligi 25–50 km/soat bo‘lgan moped va skuterlar alohida davlat raqam belgilari bilan ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Bu ishni YHXX hududiy bo‘linmalari amalga oshiradi.
Moped va skuterlarni guvohnomasiz boshqarganlar belgilangan tartibda jarimaga tortiladi.