
- 0
- 17.09.2025 08:31:00
- 1 daq o'qish
Navoiy viloyatining Navbahor tumanida mast holatda 23 nafar bog‘cha bolasini tashib kelayotgan “Damas” haydovchisi YPX xodimlari tomonidan to‘xtatildi. Mashinada haydovchining o‘z farzandlari va 2 tarbiyachi ham bo‘lgan. Tekshiruvda haydovchining mast ekani va haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi aniqlanib, unga nisbatan choralar ko‘rildi, avtomobil jarima maydoniga qo‘yildi. “Bir kun oldin charchagan edim, shuning uchun pivo ichgandim”, degan qoidabuzar.
Qoidalarga ko‘ra, bolalarni maxsus ushlab turuvchi qurilmasiz transport vositasida, shuningdek, texnik tavsifnomasida ko‘zda tutilgan miqdordan ortiq yo‘lovchi bilan tashish taqiqlanadi.