
- 0
- 14.05.2025 13:45:00
- 1 daq o'qish
Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida yashovchi erkak sobiq turmush o‘rtog‘i ustidan sudga murojaat qilib, undan ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirishni so‘radi.
Sud 11-aprel kuni ayolning daromadining uchdan bir qismini aliment sifatida to‘lash majburiyatini belgiladi. Biroq ayol bu majburiyatdan bo‘yin tovlab, yashirinib yurgan.
Majburiy ijro byurosi tomonidan o‘tkazilgan qidiruv tadbirlari natijasida ayol boshqa viloyatda topilib, qo‘lga olindi. Sudda ayol 22 363 310 so‘m aliment qarzdorligini tan oldi, ammo to‘lashdan bosh tortdi. Sud qaroriga ko‘ra, unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.