2026-yilda O‘zbekistonda informatika bo‘yicha xalqaro olimpiada o‘tkaziladi

2026-yilda O‘zbekistonda informatika bo‘yicha xalqaro olimpiada o‘tkaziladi
  • 10
  • 04.09.2023 15:26:00
  • 1 daq o'qish

Bu Vengriyada o‘tkazilgan informatika bo‘yicha 35-xalqaro olimpiadadan so‘ng ma’lum qilingan.

Vengriyadagi olimpiadada 89 davlatdan 346 nafar talaba ishtirok etdi. Natijada O‘zbekiston vakillari mamlakat tarixida ilk bor bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Eslatib oʻtamiz, Informatika boʻyicha xalqaro olimpiada (IOI) har yili maktab o‘quvchilari o‘rtasida informatika bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqa bo‘lib, u 1989-yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Tanlov ikki bosqichni o‘z ichiga oladi. Bunda ishtirokchilarga algoritmik masalalarni yechish va dasturlash talab etiladi. Maktab o‘quvchilari yakka tartibda bellashadilar. Har bir mamlakatdan to‘rttadan ishtirokchi qatnashadi.

Manba: podrobno.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News