HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar o‘ldirildi

HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar o‘ldirildi
  • 7
  • 18.10.2024 21:24:00
  • 1 daq o'qish

Isroil mudofaa kuchlari HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar G‘azoda o‘ldirilganini tasdiqladi. 16-oktabr kuni berilgan zarbalardan birida 3 nafar hamaschi, shuningdek, Sinvar ham o‘ldirilganligi aniqlandi. Sinvar HAMAS tomonidan Isroilga qilingan hujumning asosiy tashkilotchisi va mafkurachisi sanaladi. U Isroil qamoqxonalarida 20 yildan ko‘proq vaqt o‘tkazgan va 2011-yilda almashinuv doirasida ozod qilingan. Sinvar joriy yil avgustida Tehronda o‘ldirilgan Ismoil Haniya o‘rniga HAMAS Siyosiy byurosi rahbarligiga saylangandi.

Hozirda uning o‘rnida Xolid Mash’al Yahyo harakat rahbari vazifasini bajarib kelmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News