Ruhiy kasalliklar shifoxonasida zo‘rlangan qizlar

  • 2
  • 19.03.2025 09:16:00
  • 1 daq o'qish

Chimkentdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida 17 yoshli qiz zo‘rlandi. Holat 2024-yilning noyabr oyida sodir bo‘lgan. Uni ikki sanitar kameralarsiz xonada bog‘lab qo‘yib, kuchli dorilar bilan uxlatib, bir necha marta zo‘rlashgan. Qizning onasi tergovchilar ishni yashirishga urinishganligini, shuningdek, bu muassasada zo‘rlash holatlari birinchi marta sodir bo‘lmaganligini aytgan. 12-mart kuni ushbu ish bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi va gumondorlar aybli deb topildi. Sud yopiq tarzda bo‘lib o‘tgani uchun yakuniy qaror hali ochiqlanmadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News