
- 12
- 18.12.2024 13:54:00
- 1 daq o'qish
17-dekabr kuni Rossiya qurolli kuchlarining radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i, general-leytenant Igor Kirillov hamda uning yordamchisi Moskvadagi kvartirada sodir bo‘lgan portlashda halok bo‘ldi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash Kirillovga uydan chiqayotganda sodir bo‘lgan. Katta ehtimol bilan, qo‘lbola portlovchi qurilma uy yaqinida to‘xtab turgan skuterga o‘rnatilgani aytilgan.
Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Moskva prokuraturasi ishni nazoratiga olgan.