Arilar hujumi tufayli Hindistonda futbol o‘yini to‘xtatildi

  • 4
  • 02.05.2025 12:39:00
  • 1 daq o'qish

Hindistonda futbol bo‘yicha Superkubogining 1/4 final uchrashuvi arilar hujumi tufayli to‘xtatildi. “Inter Kashi” va “Mumbay Siti” o‘rtasidagi o‘yin paytida arilar galasi stadionga bostirib kirdi, bu esa ba’zi muxlislarning stadionni tark etishiga sabab bo‘ldi. Hakamlar esa xavfsizlik uchun yerga yuztuban yotishga majbur bo‘ldilar. Tanaffusdan so‘ng, hakamlar kiyimlarini almashtirgach, o‘yin davom ettirildi. “Mumbay Siti” “Inter Kashi”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News