
- 0
- 29.07.2025 14:22:00
- 1 daq o'qish
28-iyul kuni Istanbuldan Toshkentga uchayotgan HY272 reysi parvozdan bir soat o‘tib, salon va kabinadagi havo bosimi beqarorligi sababli favqulodda tarzda Istanbulga qaytarildi.
Uzbekistan Airways ma’lumotiga ko‘ra, barcha yo‘lovchilar, jumladan, xonanda Rayhon, xavfsiz tarzda zaxira samolyot orqali Toshkentga yetkazildi. Kutish vaqtida yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtirilgan.
Rayhon Instagram sahifasida parvoz chog‘ida juda qo‘rqib ketgani va o‘zini yo‘qotib qo‘yganini bildirib o‘tdi.