Angliyada 16 yoshgacha bo‘lganlarga energetik ichimliklar taqiqlanadi

Angliyada 16 yoshgacha bo‘lganlarga energetik ichimliklar taqiqlanadi
  • 0
  • 04.09.2025 08:00:00
  • 1 daq o'qish

Buyuk Britaniya hukumati Red Bull, Monster, Prime kabi energetik ichimliklarni 16 yoshdan kichiklarga sotishni taqiqlash bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlamoqda. Ta’qiq do‘konlar, restoranlar, kafelar, savdo avtomatlari va internet savdosiga ham tatbiq etiladi.

Mutaxassislar bu ichimliklar bolalarda bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, yurak ritmi buzilishi va semirishga sabab bo‘lishini ta’kidlashmoqda. Hukumat qonunni parlament muddati tugashidan oldin kuchga kiritishni rejalashtirmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News