
- 0
- 07.07.2025 11:48:00
- 1 daq o'qish
Dunyoning eng boy odami Ilon Mask X (sobiq Twitter) tarmog‘ida o‘tkazgan so‘rovnoma ortidan siyosiy partiya tuzdi. Tesla va SpaceX egasi obunachilari o‘rtasida “Amerika partiyasini tuzishimiz kerakmi?” degan so‘rovnoma o‘tkazgan. Bir sutka ichida bunga 1,3 millionga yaqin odam ovoz bergan.
Natijalarga ko‘ra, “ikki partiyaviy tizimdan mustaqil bo‘lish” g‘oyasini 65 foizdan ortiq odam qo‘llab-quvvatlagan.
“2 ga 1 nisbat: siz yangi siyosiy partiyani xohlaysiz va uni qo‘lga kiritasiz! Mamlakatimiz sarf-xarajatlar va korrupsiya tufayli bankrot bo‘lishi masalasiga kelganda, biz demokratiyada emas, bir partiyali tizimda yashayapmiz. Bugun “Amerika partiyasi” sizga ozodligingizni qaytarish uchun tuzildi”, deb yozadi Ilon Mask X’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Mask Donald Trampning imzolagan soliq qonuni sabab u bilan janjallashib, Oq uyni tark etgandi.