Durovning taqdiri 96 soatdan keyin ma'lum bo‘ladi

Durovning taqdiri 96 soatdan keyin ma'lum bo‘ladi
  • 6
  • 26.08.2024 15:54:00
  • 1 daq o'qish

 Fransiya Durovni hibsda saqlash muddatini yana 48 soatga uzaytirdi. Telegram asoschisi 24-avgust kuni kechqurun Le Burje aeroportida terrorizm, giyohvandlik, firibgarlik, pul yuvish, o‘g‘irlangan tovarlarni sotish va bolalarga nisbatan jinsiy tajovuz bilan bog‘liq jinoyatlarda, jumladan, Telegram bu jinoyatlarga oid kontentni moderatsiya qilmaganlikda ayblanib qo‘lga olingandi. Telegram ushbu ayblovlarga rasmiy bayonot bilan chiqib, platformadagi suiiste’molliklar uchun platforma yoki uning egasi javobgar, deb da’vo qilish bema’nilik ekanini bildirdi. 

Rossiya TIV Durov oldiga diplomatlar kiritilishini talab qildi biroq Fransiya bu talablarni javobsiz qoldirdi chunki Pavel Durov Fransiya fuqaroligiga ega va Fransiya uni o‘z fuqarosi sifatida hibsga olgan. Hibsning dastlabki muddati maksimal 96 soatgacha davom etishi mumkin. Bu vaqt ichida Durov ayblanishi yoki ozod etilishi kerak. Agar unga qo‘yilgan ayblovlar isbotlansa Durov 20 yilga qamalishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News