
- 10
- 18.12.2024 13:13:00
- 1 daq o'qish
Ukraina razvedkasi xabariga ko‘ra, Shimoliy Koreya harbiylari Kursk viloyatida yo‘nalishni noto‘g‘ri aniqlab, Chechenistonning Axmat bo‘linmasi avtomobilini o‘qqa tutdi. Oqibatda sakkiz nafar rossiyalik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Ushbu holatda Shimoliy Koreya qo‘shinlarining jang maydonida harakatlanishida tilni tushunmasligi muammoni yuzaga keltirmoqda.
Janubiy Koreya va AQSHning hisob-kitoblariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Rossiyaga 10 mingdan ortiq askar yuborgan. Ulardan ba’zilari allaqachon Kursk viloyatidagi janglarda qatnashgan.