
- 0
- 23.07.2025 08:13:00
- 1 daq o'qish
Afg‘oniston janubidagi Qandahor shahrida qo‘g‘irchoqlar va ayrim o‘yinchoqlarni sotish taqiqlandi. “Tolibon”ning “ezgulikni targ‘ib qilish va yomonlikning oldini olish” vazirligi bu o‘yinchoqlarni islomda harom hisoblanadigan butlarga o‘xshatib, ularni harom deb e’lon qilgan. Hokimiyat do‘konlardan taqiqlangan mahsulotlarni zudlik bilan olib tashlashni buyurdi.
Shuningdek, “Tolibon” jamoat joylarida kiyinish qoidalariga amal qilmagan ayollarni hibsga olmoqda.