Chimkentda hokim o‘rinbosari otib ketildi

Chimkentda hokim o‘rinbosari otib ketildi
  • 1
  • 22.04.2025 16:13:00
  • 1 daq o'qish

21-aprel kuni kechqurun noma’lum shaxs Chimkent hokimi o‘rinbosari Ruslan Berdenovni hokimiyati binosi yaqinida otib ketdi. Unga qarata uch marta o‘q uzilgani aytilmoqda. “Zamhokim” operatsiya qilingan, ahvoli og‘ir barqaror. Ta’kidlanishicha, jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olinib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Holat yuzasidan suiqasd qilish fakti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News