Da Vinchining 500 yillik siri yechildi

Da Vinchining 500 yillik siri yechildi
  • 0
  • 04.07.2025 15:14:00
  • 1 daq o'qish

Londonlik stomatolog Rori Mak Svini Leonardo da Vinchining mashhur “Vitruviy odami” chizmasi bilan bog‘liq qadimiy sirni yechganini iddao qilmoqda.
Ushbu mashhur chizmada rassom odamni doira va kvadrat ichiga mukammal joylashtirgan. Bu chizmada inson tanasining ideal proporsiyalari ko‘rsatilgan. Lekin 500 yildan buyon olimlar shuni tushunishga harakat qilib kelishardi.
Britaniyalik shifokorga ko‘ra, agar odamning oyoqlari orasidan teng tomonli uchburchak chizilsa, bu uchburchak tish anatomiyasida ishlatiladigan Bonvill uchburchagiga o‘xshaydi.
Sodda qilib aytganda, Da Vinchi odamni qanday qilib kvadrat va doira ichiga mukammal joylashtirganini hech kim aniq bilmasdi. Endi esa tish doktoriga ko‘ra, javob – oyoqlar orasidagi uchburchakda! Bu oddiy ko‘ringan shakl aslida matematika va tabiat qonunlarini yashirgan bo‘lishi mumkin!

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News