
- 0
- 12.08.2025 09:06:00
- 1 daq o'qish
Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov patent asosida ishlayotgan xorijiy fuqarolar uchun taqiqlangan faoliyatlar ro‘yxatiga kuryerlik xizmatlarini ham kiritdi. Endi turli transport orqali yetkazib berish, uyga taom yetkazish va boshqa kuryerlik ishlari migrantlar uchun man etiladi.
Qaror soya iqtisodiga qarshi kurashish, xizmat sifati va xavfsizligini oshirish hamda rossiyaliklar, ayniqsa yoshlar va talabalar uchun ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan.
Tadbirkorlarga yangi talablarga moslashish uchun 3 oy muddat beriladi.