
- 0
- 25.09.2025 12:02:00
- 1 daq o'qish
24-sentabr kuni Toshkent viloyatining Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi bir necha maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarida sog‘liq muammolari kuzatilib, “ovqat toksikinfeksiyasi” tashxisi qo‘yildi. Bolalarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib, aksariyati shu kunning o‘zida uylariga javob berildi.
Vaziyat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nazoratiga olindi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik qo‘mitasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.