
- 0
- 02.07.2025 09:45:00
- 1 daq o'qish
Hindistonning janubiy Telanagana shtatida joylashgan kimyo zavodida yuz bergan portlash oqibatida 40 ga yaqin kishi halok bo‘ldi, yana o‘nlab kishilar jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Portlash dushanba kuni ertalab zavodning reaktor blokida sodir bo‘lib, sanoat binosi qulab tushgan va yong‘in yuzaga kelgan. Dastlab 12 kishi halok bo‘lgani aytilgan edi, biroq seshanba tongiga kelib bu raqam 36 nafarga yetdi.
Telangananing sog‘liqni saqlash vaziri Damodar Radjanarasimxaning aytishicha, portlash shunchalik kuchli bo‘lganki, ba’zi ishchilar havoga uchib, 100 metrgacha nariga tushgan.Hodisa yuz bergan vaqtda zavodda taxminan 90 kishi bo‘lgan. Mahalliy hukumat voqea bo‘yicha rasmiy surishtiruv boshladi. Qutqaruv ishlarining yakuniy bosqichi davom etmoqda.